Mexiko bir necha kun suvsiz qoladi
Meksika poytaxti – koʻp millionli megapolis Mexiko bugundan boshlab bir necha kun suvsiz qoladi, deb yozadi Kronen Zeitung gazetasi.
Meksika poytaxti – koʻp millionli megapolis Mexiko bugundan boshlab bir necha kun suvsiz qoladi, deb yozadi Kronen Zeitung gazetasi.
16 tumanning 13 tasida suv oʻchadi. Keyin aksariyat tumanlarga 4 noyabrda, qolganiga esa 8 noyabrda suv beriladi. Shahar suv tarmoqlarining taʼmirlanishi tufayli koʻrilayotgan chora-tadbirlar natijasida shahar hukumati aholiga har kuni suv yetkazib turish uchun 500 ta sisterna yollagan.
Suv tanqisligi koʻproq shaharga keluvchi sayyohlar uchun koʻngilsiz tuhfa boʻlishi aytilmoqda. Odatda, noyabrning boshida shaharga keluvchi sayyohlar oqimi koʻpayadi.