“Mesopotamiya sherlari” – Iroq terma jamoasi
Iroq 2026-yildagi Jahon chempionatida Ishtirok etadigan Osiyoning to'qqizinchi jamoasiga aylandi.
Iyun va iyul oylarida AQSH, Meksika va Kanada yashil maydonlarida futbol bo‘yicha Jahon chempionati turniri bo‘lib o‘tadi. Mundialning “I” guruhidan Fransiya, Senegal, Norvegiya va Iroq joy olgan.
Iroq terma jamoasi tarixi va ilk o‘yinlari
Iroq futbol assotsiatsiyasi 1948-yilda tashkil etilgan. Ular 1950-yildan buyon FIFA va 1970-yildan beri esa AFC a’zo hisoblanadi. Iroq terma jamoasi uy o‘yinlari “Basra” xalqaro stadionida o‘tkazadi. “Yashillar” o‘zining ilk rasmiy uchrashuvini 1957-yilda Marokash terma jamoasiga qarshi o‘tkazgan. Bu bahsda tomoshabinlar 6 ta gol guvohi bo‘lishgan va uchrashuv 3:3 hisobidagi natija bilan yakun topgan. Iroqliklar eng katta g‘alabasini 1992-yilda Efiopiya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda erishgan. Bu bellashuvda “mesopotamiya sherlari” 13:0 hisobida zafar quchgan. Iroq termasi eng yirik mag‘lubiyatni esa Turkiyadan qabul qilib olgan. Bu uchrashuvda “yashillar” 7:1 hisobida imkoniyatni boy bergan. Iroq terma jamoasi ayni vaqtda FIFA reytingida 58-pog‘onani egallab turibdi.

Jahon chempionatidagi ishtiroki
Iroq terma jamoasi hozirgacha Jahon chempionatida bir marta ishtirok etgan. “Yashillar” o‘zining ilk ishtirokini 1986-yil Meksikada bo‘lib o‘tgan mundialda o‘tkazgan. Bu turnir ular uchun omadsiz o‘tgan. Sababi, iroqliklar debyutida Meksika, Paragvay va Belgiya bilan bir guruhdan joy egallagan. Ular 1-turda Paragvay bilan kuch sinashgan va 1:0 mag‘lubiyatga uchragan. 2-turda Belgiyaga qarshi maydonga tushgan va 2:1 hisobida imkoniyatni boy bergan. 3-turda ham Iroq termasidan omad yuz o‘girgan va ular Meksikaga minimal 1:0 hisobida mag‘lubiyat bo‘lgan. Shu tariqa “mesopotamiya sherlari” ilk ishtirokini 1 ta uchrashuvda ham g‘alaba qozonmasdan 0 ochko bilan guruh bosqichida yakunlagan.

Eng yaxshilari va narxi
Iroq terma jamoasi safida eng maydonga tushgan futbolchi Yunus Mahmud hisoblandi. Bu futbolchi terma jamoasi libosida 148 ta uchrashuvda ishtirok etgan. Terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar esa Husayn Said Muhammad sanaladi. U Iroq termasi safida 78 ta gol urishni uddalagan. Iroq terma jamoasining ayni vaqtda “Transfermakrt” portalidagi narxi 19,18 million yevroni tashkil qiladi. Hozirda tarkibdagi eng qimmat futbolchi esa Ali Al-Hammadi hisoblanadi. Uning hozirda transfer bozoridagi narxi 2 million yevroga baholanmoqda.

Iroq terma jamoasi yutuqlari
Iroq terma jamoasi bir marta Osiyo Kubogida zafar quchgan. Ular 2007-yilda bu chempionlikni tantana qilgan.
Bundan tashqari “yashillar” Arab Kubogida ham 4 marta chempion bo‘lgan. Iroqliklar 1979, 1984, 1988 va 2023 yillarda Kubokni boshi uzra ko‘targan.
Iroq terma jamoasi joriy yil bo‘lib o‘tadigan mundialda o‘zining ilk uchrashuvini 16-iyun kuni Norvegiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. 22-iyun kuni 2-turda Fransiya bilan kuch sinashadi. Guruhning so‘nggi turini “yashillar” 26-iyun kuni Senegalga qarshi o‘tkazadi