“Mergan kubogi” g‘oliblari aniqlandi
Harbiylashtirilgan va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning harbiy xizmatchilari hamda xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Mergan kubogi” musobaqasining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar to‘pponchaning turli toifalaridan, avtomatdan o‘q otish va boshqa yo‘nalishlarda nishonni aniq olish bo‘yicha o‘zaro raqobatga kirishdi. O‘z mahoratlarini namoyish etishdi.

Qiziqarli kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, umumjamoa hisobida Mudofaa vazirligi jamoasi 1-o‘rinni, Prezident Davlat xavfsizlik xizmati vakillari 2-o‘rinni, Davlat xavfsizlik xizmati jamoasi 3-o‘rinni egalladi.


G‘olib va sovrindorlar tegishli qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA