“Mening birinchi saylovim”
Faol ishtirok etgan yoshlarpartiya tomonidan rag‘batlantirildi.
O‘zbekiston XDP Buxoro viloyat kengashi tashabbusi bilan viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Xotin-qizlar tadbirkorlik markazida o‘tkazilgan “Mening birinchi saylovim” saylovolditarg‘ibot tadbirida partiya faollari, deputatlar, talaba-yoshlar, jurnalistlar ishtirok etdi.
Tadbir yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular qalbida yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirish, yoshlar ongi va hayotiga daxl qilishi mumkin bo‘lgan zararli axborotlarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash hamda saylovdagi munosib ishtirokini ta’minlash maqsadiga qaratildi.
Saylovoldi targ‘ibot tadbiri doirasida O‘zXDPning dasturiy maqsad va vazifalari, jamiyatimizda tutgan o‘rni, partiya elektorati manfaatlari yo‘lida olib borilayotgan ishlar va ularning samarasi xususida ham fikr-mulohaza bildirildi.
Bu yilgi siyosiy jarayonda yurtimizda 2 milliondan ziyod yoshlar ilk marta ovoz beradi. Saylovoldi jarayonlarda yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimini oshirish, ularni saylov qonunchiligi bilan tanishtirish, qonun loyihalarini ishlab chiqish va isloh qilish jarayonidagi ishtirokini faollashtirish bunda muhim ahamiyatga ega.
Yoshlarning saylovga oid siyosiy bilimi tadbirda turli usullar yordamida aniqlandi. Faol ishtirok etgan yoshlarpartiya tomonidan rag‘batlantirildi.