Men uchun o‘zbek va tojik xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik abadiy qadriyatdir – “Do‘stlik” ordeni sohibi (+video)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Tojikiston Respublikasi Sug‘d viloyati “Nuri niyogon” shashmaqom ansambli rahbari Shuhratjon Nabiyev O‘zbekiston Respublikasining “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangani xabar berilgan edi.
Tojikistonlik san’at va madaniyat sohasi vakili ushbu unvon bilan taqdirlanganidan behad mamnunligini qayd etib, shashmaqom har ikki davlat uchun yagona musiqa merosi ekanini ta’kidladi.
– Mamlakatimiz Prezidenti Emomali Rahmon janoblariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik izhor etaman. Kamtarona mehnatlarim inobatga olinib, “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandim, bundan nihoyatda faxrlanaman, – dedi Shuhratjon Nabiyev.
Men uchun o‘zbek va tojik xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik abadiy qadriyatdir. Shashmaqom har ikki davlat uchun yagona musiqa merosidir – uning ohangi bir, faqat g‘azallar tili tojik yoki o‘zbek bo‘lishi mumkin, xolos. Musiqasi esa umumiydir.
Azaldan o‘zbek va tojik xalqlari bir yurak bo‘lib yashab kelgan. Kelgusida ham o‘zaro bordi-keldilarimiz doimiy bo‘lishini chin dildan orzu qilaman. Har ikki davlat rahbarlariga uzoq umr va mustahkam sog‘liq tilab qolaman.
Batafsil quyidagi videoda:
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/C0rf66MIc5I" title="Men uchun o`zbek va tojik xalqlari do`stlikgi abadiy qadriyatdir – “Do`stlik” ordeni sohibi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Behruz XUDOYBERDIEV, Anvarxo‘ja AHMEDOV (video), O‘zA