“Men davlat xizmatchisi bo‘laman!”
Yoshlar kuni munosabati bilan Samarqand shahridagi 1-son mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining Toyloq tuman Davlat xizmatlari markaziga sayohati uyushtirildi.
Tadbirda markaz direktori Zayniddin Nuriddinov yoshlarni markazga murojaat bilan kelayotgan har bir fuqaroga yaratilgan shart-sharoit, qulayliklar, xizmatlardan foydalanish tartibi bilan to‘liq tanishtirdi.

Shuningdek, yoshlar xizmatlarni olish jarayonlarini kuzatib, bir nechta davlat xizmatlarini mutaxassis yordamida o‘zlari mustaqil ravishda ko‘rsatish imkoniga ham ega bo‘lishdi. Ta’kidlash kerakki, bu o‘z navbatida ularning mazkur sohaga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdi.
– Ushbu sayohat men uchun juda foydali bo‘ldi, – deydi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi Zarshed Mo‘minov.

– Odatda biz yoshlar maktabni bitirish chog‘ida biror bir kasbni tanlab, jamiyatda o‘z o‘rnimizni topish borasida ko‘p qiyinchiliklarga duch kelamiz.
Markaz va uning faoliyati bilan tanishar ekanman, menda shu sohaga bo‘lgan qiziqish paydo bo‘ldi. Kelgusida balki men ham shunday zamonaviy markazlarda vatandoshlarimizga davlat xizmatlari ko‘rsatarman.

Davlat xizmatlari agentligi
Samarqand viloyat boshqarmasi axborot xizmati