Meksika “JCH-2026”ni g‘alaba bilan boshladi
Futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionatiga rasman start berildi. Chempionatning ilk uchrashuvi Meksika poytaxti Mexiko shahridagi afsonaviy “Asteka” stadionida bo‘lib o‘tdi.
Unda mezbon Meksika terma jamoasi Janubiy Afrika Respublikasi futbolchilariga qarshi maydonga tushdi. “A” guruhidan o‘rin olgan ushbu bahs 2:0 hisobida yakunlandi.
Uchrashuvdagi gollarga Xulian Kinones, Raul Ximenes mualliflik qildi. Darvoqe, bahsda JAR termasidan Sfefelo Sitxole va Temba Zvanega, meksikaliklardan esa Sesar Montesga qizil kartochka ko‘rsatildi.
Shu tariqa, Meksika terma jamoasi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. “A” guruhidagi ikkinchi o‘yin 12-iyun kuni soat 07:00 Koreya Respublikasi — Chexiya terma jamoalari o‘rtasida o‘tadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA