Mehr va e’tibor manzili
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida nogironligi bo‘lgan bolalar uchun tashkil etilgan “Muruvvat” uyida tarbiyalanuvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ayni paytda muassasada aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan 131 nafar bola tarbiyalanmoqda. Ular uchun tibbiy parvarish, reabilitatsiya va ijtimoiy moslashuv xizmatlari kompleks tarzda yo‘lga qo‘yilgan.
[gallery-29366]
Tarbiyalanuvchilar turli yo‘nalishlardagi mashg‘ulotlarga jalb etilgan. Ayrimlari qo‘l mehnati bilan shug‘ullansa, boshqalari tikuvchilik va oshpazlik bo‘yicha dastlabki ko‘nikmalarni egallamoqda. Bu jarayonlar orqali bolalarda mustaqil hayot ko‘nikmalari va ertangi kunga ishonch mustahkamlanib bormoqda.
Muassasada olib borilayotgan ishlar natijasida 9 nafar bola o‘z oilasiga qaytarildi. Yana 12 nafar tarbiyalanuvchi kunduzgi parvarish xizmati orqali ota-onasi bag‘rida ijtimoiylashuv jarayonini davom ettirmoqda.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA