Mehr qo‘llarini uzataylik!
FOTOREPORTAJ
Respublikamizning barcha joylarida 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Mehr qo‘llarini uzataylik!” shiori ostida xayriya tadbirini o‘tkazish yaxshi an’anaga aylangan.
Andijon viloyati tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan ham shahar va tumanlarda istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan, nogiron farzandlari bor oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida navbatdagi xayriya tadbiri tashkil etilib, imkoniyati cheklangan oila farzandlari uchun nogironlik aravachalari va sovg‘alar topshirildi.
[gallery-7371]
Zuhriddin UMURZOQOV O‘zA