Mehr – qalb ozigʻi
Inson qalbining bajaradigan xizmati katta.
Inson qalbining bajaradigan xizmati katta. Butun tanani harakatga keltirib, toʻgʻri boshqarish uning zimmasida. Mana shu yuksak vazifani bajarish uchun unga eʼtiborli boʻlib, asrab – avaylash, pok va ozoda tutish zarur.
Buning uchun esa inson aql-zakovatli, ilmu-maʼrifatli boʻlmogʻi darkor.
Inson bolasi tomonidan amalga oshiriladigan barcha ezgu amallar va nojoʻya harakatlar, qalbni toʻgʻri boshqara olish qobiliyatimizga bogʻliq.
Agar dunyoning kengligini, tabiatning goʻzalligini, hayotning bir nuqtada toʻxtab qolmasligini, vaqtning oqar daryoligini, umrning oʻtkinchiligini teran anglab, aql zakovat bilan ish tutsak, qalbimiz buyuk ishlarni amalga oshirishga qodir.
Inson qalbi doimo uning olamga va odamga boʻlgan mehr-muhabbatidan kuch oladi.
Agar aksi boʻlsa, yaʼni biz oʻzimiz bilan oʻzimiz ovora boʻlib, yon-atrofimizda boʻlayotgan voqea-hodisalarga befarq, berahim boʻlsak u lat yeydi va xizmatini toʻliq ato etishiga toʻsqinlik qilgan boʻlamiz.
Tilagimiz, doimo qalbimizni pok va ozoda tutib, umrimizni uzaytirish va baxtli hayot kechirishimiz uchun mehr-muruvvatli, saxovatli va bir-birimizga koʻmakdosh boʻlaylik azizlar.
Muhtaram Prezidentimizning “Saxovat va koʻmak” gʻoyasini ilgari surishi ham mana shu ezgu niyatlarga xizmat qiladi.
Rauaj Otarbayev,
Oʻzbekiston “Adolat” SDP Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi raisi oʻrinbosari,
Xalq deputatlari Chimboy tuman Kengashi deputati.