Mehnatdan qadr topgan yo‘lsoz
FOTOREPORTAJ
Yurtimizda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishda yo‘lsozlar munosib hissa qo‘shmoqda. Ana shunday fidoyi mehnat ahllaridan biri — Andijon yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi avtogreyder haydovchisi Tojiddin Toshmatovdir.
U ko‘p yillardan buyon yo‘lsozlik sohasida samarali mehnat qilib kelmoqda. Kasbiga sadoqati, mas’uliyati va halol mehnati bilan jamoada hurmat qozongan.
[gallery-29367]
Tojiddin Toshmatovning ko‘p yillik fidokorona mehnati davlatimiz tomonidan munosib e’tirof etildi. U 2025-yil Prezidentimiz Farmoniga muvofiq “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.
Mehnatsevarligi, kamtarligi va kasbiga muhabbati bilan ajralib turadigan Tojiddin Toshmatov bugun nafaqat hamkasblari, balki yoshlar uchun ham ibrat namunasi bo‘lib kelmoqda.
Zuhriddin UMURZOQOV(surat),O‘zA