Mehnat insonni ulug‘laydi
Prezidentimizning farmonlariga asosan 49 nafar navoiylik iqtisodiyot va ijtimoiy sohalar xodimlari, ishlab chiqarish, qurilish, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari ilg‘orlari, ilm-fan, ta’lim, tibbiyot sohalari fidoyilari, huquq-tartibot idoralari vakillari, harbiy xizmatchilar mustaqilligimizning shonli 29 yilligi munosabati bilan davlatimizning yuksak mukofotlari – faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlangan edi.
Ularning bu yutug‘i viloyatdagi barcha fidoyi insonlarga berilgan bahodir.
– bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan islohotlar faqatgina inson manfaatlari uchun xizmat qilayotganligi har birimiz uchun kundek ravshan. Demakki, inson manfaatlari mamlakatimizda oliy qadriyat sifatida e’zozlanmoqda, ulug‘lanmoqda. Ajdodlarimiz “Mehnat insonni ulug‘laydi”, deb bejizga aytishmagan. Bugun arzimas mehnatim davlatimizning yuksak e’zoziga, e’tibor va e’tirofiga sazovor bo‘lgan ekan, men bundan bog‘oyatda xursandman. Ayni paytda hayajonlanganimdan, nima ham deyishni bilmayapman. Albatta, erishayotgan har bir yutuq, qo‘lga kiritilgan har bir zafarli odim olib borilayotgan izchil islohotlar, ularning hayotga to‘g‘ri tatbiq etilayotgani samarasidir.
[gallery-630]
Gullab-yashnayotgan mustaqil yurtimizning buyuk kelajagini yaratishda shu aziz Vatanda yashayotgan har bir shaxs o‘z hissasini qo‘shmog‘i kerak, deb hisoblayman, – deydi «Quyi Zarafshon» irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Xatirchi tumani irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i, «Mehnat shuhrati» ordeni sohibi Saloydin Jalilov.
Viloyat hokimligi tantanalar zalida o‘trazilgan tadbirda viloyat hokimi Kobul Tursunov mukofotlarni o‘z egalariga topshirdi.
Abduvali BO‘RIEV,
Siroj ASLONOV (foto), O‘zA