Mehmonxonalar soni yana bittaga koʻpaydi
2019-yilda Buxoro viloyatiga tashrif buyurgan sayyohlar soni 3,6 million kishini tashkil etgan. Shundan 600 mingdan ziyodi xorijiy turistlardir.
2019-yilda Buxoro viloyatiga tashrif buyurgan sayyohlar soni 3,6 million kishini tashkil etgan. Shundan 600 mingdan ziyodi xorijiy turistlardir.
Ayni paytgacha viloyatda katta-kichik hajmdagi 346 ta mehmonxona negizida 8 mingdan ziyod kishini qabul qilish quvvati yaratildi. Buning natijasida mahalliy aholi va xorijlik mehmonlarga xizmat koʻrsatish sifati yana-da yaxshilanmoqda. Quvonarlisi, mehmonxonalarning qurib foydalanishga topshirilishida tadbirkorlar faol ishtirok etayotir.
Qadimiy “Ark” qoʻrgʻonining roʻparasida milliy meʼmorchilik anʼanalari asosida qad rostlagan mazkur mehmonxona 44 ta shinam va zamonaviy xonalardan iborat boʻlib, 100 ga yaqin sayyohlarga bir vaqtning oʻzida xizmat koʻrsata oladi.
Jahon andozalari asosida jihozlangan ikki qavatli mazkur mehmonxona Buxoroning qadimiy shahar qismiga yaqinligi bois mijozlarni oʻziga jalb etmoqda.
Shuningdek, mehmonxonada restoran, avtoturargoh, konferensiya zali kabi qoʻshimcha obyektlar borligi mehmonlarga sifatli xizmat koʻrsatishga zamin yaratadi.
Mehmonxonaning ochilishida soʻzga chiqqan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida yurtimizda, ayniqsa, vohada turizmni jadal rivojlantirish, kelayotgan sayyohlar sonini oshirish, sayyohlik infratuzilmasini jadal rivojlantirish yoʻlida olib borilayotgan islohotlar borasida fikr yuritdi. Bu borada mahalliy tadbirkorlar tomonidan bildiriladigan har bir taklif, tashabbus qoʻllab-quvvatlanishini alohida eʼtirof etdi.
Mazkur mehmonxonada 20 dan ortiq buxorolik yigit-qizlarimiz muqim ish bilan taʼminlanishi aytib oʻtildi.