Mehmonxona xodimlari uchun trening
Buxoroda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston mehmonxonalar uyushmasi hamkorligida mehmonxona sohasi xodimlari uchun mehmonxonalarni xalqaro standartlarga muvofiq jihozlash ularga servis xizmat turlarini ko‘paytirish uchun nazariy va amaliy trening bo‘lib o‘tdi.
Dasturning maqsadi sayyohlar bilan har kuni muloqot qiladigan xodimlarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, shuningdek, viloyatlardagi mehmonxona amaliyotiga xalqaro xizmat ko‘rsatish standartlarini joriy etishdan iborat.
[gallery-24620]
Treninglar tajribali trenerlar va soha ekspertlari ishtirokida interaktiv shaklda o‘tkazildi. Ishtirokchilar nafaqat nazariy bilimlarga, balki kundalik ishlarida qo‘llay oladigan amaliy vositalarga ham ega bo‘ldi. Bunday treninglarning o‘tkazilishi xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, mintaqaning sayyohlik jozibadorligini oshirish va O‘zbekistonda mehmondo‘stlikning yuqori standartlarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.