Mbappe Maykl Oliseni "Real"ga o'tishga ko‘ndirmoqchi
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, 23 yoshli futbolchining transfer qiymati 170 million yevroni tashkil etadi.
Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe klub prezidenti Florentino Peresga “Bavariya” futbolchisi Maykl Oliseni Madrid klubiga o‘tishga ko‘ndirganini aytdi. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, bu suhbat JCH–2026 vaqtida bo‘lib o‘tgan. Fransiya terma jamoasi safida birga harakat qilgan Mbappe turnir davomida Olise bilan deyarli har kuni muloqot qilib, unga “Real”ga o‘tishning afzalliklarini tushuntirgan.
Xabarda aytilishicha, Mbappe do‘stiga Madrid klubi aynan unga muhtoj ekanini aytgan. Shuningdek, u Madrid shahridagi hayot, restoranlar va iqlimni ham maqtagan.
O‘tgan mavsumda Olise “Bavariya” safida barcha musobaqalarda 52 ta uchrashuv o‘tkazib, 22 ta gol va 31 ta assist qayd etdi.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, 23 yoshli futbolchining transfer qiymati 170 million yevroni tashkil etadi.