Mbappe: “Eng alam qilgani — Desham uchun g‘alaba qozona olmaganimiz”
Bu biz uchun o‘ziga xos uyg‘otuvchi signal bo‘ldi.
Fransiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe JCH–2026 uchinchi o‘rin uchun bahsda Angliyaga 4:6 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
"Bu ikki xil bo‘lim bo‘ldi. Birinchi bo‘limdagi o‘yinimizni ko‘rganlar buni futbolka va muxlislarga hurmatsizlik deb aytsa, ularni tushunaman. Menimcha, bu insoniy omil edi. Raqib bizni mutlaqo hayratda qoldirdi.
Bu biz uchun o‘ziga xos uyg‘otuvchi signal bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda yana yuqori darajadagi, hissiyot emas, ruhiy tayyorgarlik boshqaradigan futbolchilarga aylandik. Ikkinchi bo‘limda ustun keldik, ammo bu g‘alaba uchun yetarli bo‘lmadi.
Meni eng ko‘p ranjitgani — murabbiyimiz. Biz u uchun nimadir qilishni xohlagandik. Afsuski, birinchi bo‘limda go‘yoki uni yolg‘iz qoldirgandek taassurot uyg‘ondi. Aslida esa bunday bo‘lishini hech qachon istamaganmiz.
Bu futbol. Biz Didye Deshamga qilgan barcha ishlari uchun minnatdorlik bildiramiz. Bu uchrashuv uning afsonaviy faoliyatiga soya sola olmaydi", — dedi Mbappe.