Maykl Xiggins lavozimiga qayta saylandi
Umumxalq saylovi natijalariga koʻra, Irlandiyaning amaldagi Prezidenti Maykl Xiggins lavozimiga qayta saylandi
Umumxalq saylovi natijalariga koʻra, Irlandiyaning amaldagi Prezidenti Maykl Xiggins lavozimiga qayta saylandi.
Saylovchilarning 56 foizi uning nomzodiga ovoz berdi. MamlakatdagiRTE telekanali xabariga qaraganda, yetti nomzod ishtirok etgan prezidentlik saylovida tadbirkor Piter Keysi 23,1 foiz ovoz bilan ikkinchi, biznesmen Shon Gallaxer 6,4 foiz ovoz bilan uchinchi boʻlgan. Qayta saylangan Xiggins yana yetti yil davomida mamlakatga prezidentlik qiladi.