Maxsus pedagoglar mahorati sinovdan o‘tdi
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 2-umumta’lim maktabida “Yilning eng faol maxsus pedagogi” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov alohida ta’lim ehtiyojiga ega bolalar bilan ishlayotgan pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda maxsus ta’lim tizimida samarali faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
Baholash jarayonida innovatsion yondashuvlar, metodik ishlanmalar va zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Termiz shahridagi 2-umumta’lim maktabi maxsus pedagogi Mahliyo Nuraliyeva g‘olib deb topildi. Ikkinchi o‘rinni Uzun tumanidagi 1-umumta’lim maktabi maxsus pedagogi Hilola Hushboqova, uchinchi o‘rinni esa Bandixon tumanidagi 2-umumta’lim maktabi maxsus pedagogi Aziza Ismatullayeva egalladi.
[gallery-29704]
G‘olib va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi. Birinchi o‘rin sohibi joriy yil avgust oyida o‘tkaziladigan “Inklyuziv ta’limni rivojlantirish: muammolar va innovatsion yechimlar” mavzusidagi respublika konferensiyasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA