Matonatli sportchilarimizning Parijdagi zafarli odimi
Parijda para taekvondo bo‘yicha yakunlangan Gran-pri musobaqasida yurtimizning matonatli sportchilari 37 ta davlat orasida 3-o‘rinni egalladi.
2024 yili Fransiya poytaxtida o‘tkaziladigan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolari taqdim etadigan musobaqada 3 nafar vakilimiz sovrindorlar safidan joy oldi.
80 kg vazn toifasida Asad Toshtemirov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan holda oltin medalga sazovor bo‘ldi. 63 kilogrammda dayanga chiqqan Zuhriddin Tohirov bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Ayollar o‘rtasida +65 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Guljanoy Naimova delegatsiyamiz hisobiga kumush medalni qo‘shtirib qo‘ydi.
E’tiborlisi, 37 ta mamlakatdan 150 nafardan ortiq para taekvondochilar qatnashgan Gran-prida terma jamoamiz a’zolari 3 ta medal bilan umumjamoada Braziliya va Turkiyadan keyin 3-o‘rindan joy olishi matonatli sportchilarimizning o‘ziga xos jasorati bo‘lishi bilan "Parij-2024" paralimpiya o‘yinlarining qimmatli reyting ochkolariga ega chiqishini ta’minladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA