Matonat va mahorat namoyishi
FOTOREPORTAJ
Navoiy viloyatida “Besh tashabbus paralimpiyadasi” doirasida viloyat bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbir imkoniyati cheklangan yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy salomatligini mustahkamlash hamda iqtidorli sportchilarni aniqlashga xizmat qilmoqda.
Musobaqada viloyat bo‘yicha 4414 nafar ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tdi. Saralash bosqichlari yakuniga ko‘ra 286 nafar sportchi viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Bellashuvlar 18–30 yosh oralig‘idagi ishtirokchilar o‘rtasida tashkil etildi.
[gallery-29650]
Adaptiv sportning yengil atletika, stol tennisi, shaxmat, badminton va armrestling yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. G‘olib va sovrindorlar joriy yil iyul oyida bo‘lib o‘tadigan respublika bosqichida viloyat sharafini himoya qiladi.
Tadbir yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda adaptiv sportni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Siroj ASLONOV olgan (surat), O‘zA