Mateush Mane Portugaliya terma jamoasida o‘ynashni tanladi
Mane Portugaliya U-21 jamoasi safida Ozarbayjon va Shotlandiyaga qarshi o‘yinlarda maydonga tushdi.
Angliyaning "Vulverhempton" klubi vingeri Mateush Mane Portugaliya terma jamoasi sharafini himoya qilmoqchi ekanini ma’lum qildi.
Mane Portugaliyada tug‘ilgan, biroq 8 yoshidan boshlab Angliyada istiqomat qilib kelmoqda. Shu sababdan ham unda har ikki terma jamoada o‘ynash imkoni bor edi. 18 yoshli futbolchi esa tug‘ilgan joyi Portugaliyani tanladi. U Angliyaning U-18 jamoasida o‘yinlarda ishtirok etgan. Biroq so‘nggi vaqtlarda u Portugaliya U-21 jamoasi safida Ozarbayjon va Shotlandiyaga qarshi o‘yinlarda maydonga tushdi. Endilikda u bor e’tiborini "qizillar"ning asosiy jamoasiga qo‘shilishga qaratgan. Mane o‘yin uslubining o‘zgacha ekani bilan ko‘plab grand klublar nazariga tushishga ham ulgurdi. Yaqin kelajakda Mateush biror bir katta klubda ko‘rinish berishi mumkin.
Futbolchilar "bo‘rilar" safida joriy mavsumda ta uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol va bitta golli uzatmani hisobiga yozdirib qo‘ygan.