Mask Trampga qarshi jiddiy “yurish” qildi
Multimilliarder Ilon Mask o‘zining siyosiy “Amerika partiyasi” ish boshlashini e’lon qildi.
Yirik tadbirkor, yaqindagina respublikachilar najotkori bo‘lgan megadonor bir necha oy oldin Oval kabinetda Prezidentning o‘ng qo‘li sifatida paydo bo‘lgandi.
O‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasi orqali izdoshlaridan “Yangi partiya yaratish kerakmi yoki yo‘q?” mazmunda so‘rovnoma o‘tkazgach, Mask shunday dedi:
– 2 dan 1 nisbatga ko‘ra, yangi siyosiy partiyani xohlayapsiz. Shunday ekan, sizga bu imkon beriladi. Mamlakatimizni isrofgarchilik va mablag‘ni sovurish yo‘li bilan inqirozga yetaklash haqida gap ketganda, demokratiya bilan emas, balki partiyaviy tizimda yashashga haqlimiz. “Amerika partiyasi” erkinligingizni qaytarish uchun tuzildi.
Musulmon Ziyo, O‘zA