Marokashga yana mag‘lub bo‘ldik
Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida futzal bo‘yicha O‘zbekiston hamda Marokash terma jamoalari ishtirokida o‘rtoqlik uchrashuvining 2-o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Bu safar ham marokashlik futzalchilarning qo‘li baland keldi: O‘zbekiston-Marokash 1-2 (birinchi uchrashuvda ham mag‘lubiyat alamini tortgan edik: 2-6).
Kuchlilarga hamisha g‘alaba kelaveradi. Ammo tajriba borasida futzalchilarimiz maqtanolmaydi. Murabbiy taniqli. Ispaniyadan kelgan. 5 marta yilning eng mashhuri bo‘lgan. Birinchi o‘yinga nisbatan bu gal o‘yin ancha qovushdi. Futzalchilarimiz hamjihat bo‘lib o‘ynashdi. Himoya chiziqlari “qattiq qo‘riqlandi”. Zarur bo‘lganda qarshi hujumga ham o‘tishdi. Shunday hujumlarning biri gol bilan yakunlandi.
[gallery-15149]
Oldinda muhim uchrashuvlar bor. Futzalchilarimiz buni chin dildan his etib, murabbiylar maslahatini qalblariga jo aylasalar, ajab emas, g‘alaba biz tomonga intilsa. Buni endi kutamiz.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA