Marokashda 50 yilda ilk bor qor yog‘di
Marokashda oxirgi 50 yil ichida ilk marotaba qor yog‘di, deb xabar beradi “Maghreb Arabe Press” telekanali. Mamlakat milliy meteorologiya markazi bunday noodatiy ob-havoni Shimoliy Yevropadan sovuq havo oqiminingkirib kelishi bilan bog‘lamoqda.
Ta’kidlanishicha, bir qancha viloyatlar, xususan Azilal, Beni-Mellal, Ifran, Midelt, Tarudant, Tingir, Varzazat va Al-Havzda ham qor yog‘ishi kuzatilgan. Ayrim tumanlarda qor 35-40 santimetr qalinlikda yoqqan, tog‘li tumanlarda esa havo harorati -5 darajagacha tushib ketgan.
Mahalliy aholi tabiatning bunday noyob hodisasidan foydalanish maqsadida Marokashdan bir soat uzoqlikda joylashgan Ukaymden tog‘ kurortiga yo‘l oldi.
Aziza Alimova tayyorladi, O‘zA