Margʻilon shahri 734 gektardan ortiq maydonga kengaymoqda
Davlatimiz rahbari joriy yilning 5-6-iyun kunlari Fargʻona viloyatiga tashrifi davomida Fargʻona va Margʻilon shaharlari hududini kengaytirish boʻyicha topshiriq bergan edi.
Davlatimiz rahbari joriy yilning 5-6-iyun kunlari Fargʻona viloyatiga tashrifi davomida Fargʻona va Margʻilon shaharlari hududini kengaytirish boʻyicha topshiriq bergan edi. Ayni kunlarda urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirish maqsadida ishlar boshlab yuborildi.
Viloyat qurilish boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan bosh rejaga asosan Margʻilon shahrini kengaytirish maqsadida Fargʻona tumani Chekshoʻra Mashrab Bobur massivi hududidan bir qismi hamda Margʻilon yoʻldosh shaharchasi maydonlarini biriktirish munosabati bilan Margʻilon shahar maʼmuriy hududiy chegara chizigʻiga oʻzgartirish kiritish belgilandi. Ishchi guruh tomonidan bu boʻyicha taklif tayyorlandi.
Unga asosan Fargʻona tumani Chekshoʻra Mashrab Bobur massividan 10 ta qishloq xoʻjalik korxonalari, 8 ta begona yerdan foydalanuvchilar, Margʻilon yoʻldosh shaharchasidan 12 ta begona yerdan foydalanuvchilar jami — 734,91 gektar, shundan ekin yer maydoni — 151,82 gektar, koʻp yillik daraxtlar — 118,07 gektar va 465,02 gektar boshqa yer maydonlarini Margʻilon shahriga ajratish uchun loyiha ishlari amalga oshirildi.
Fargʻona tumanidan 734,91 gektar yer maydoni shaharga qoʻshilgandan keyin Margʻilon shahrining umumiy maydoni 4 817,91 gektarni tashkil qiladi. Hozirda bu borada tegishli meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari tayyorlanib, mahalliy kengashlar va Oliy Majlisda koʻrib chiqish uchun kiritishishlari olib borilmoqda.