Maqsadimiz kambag‘allikka barham berish
Oxirgi yillar mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Toshkent viloyatida ham kambag‘al fuqarolarni manzilli ijtimoiy himoya qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi bo‘yicha viloyatning 132 nafar hamda 1 ming 532 nafar tuman-shahar tashkilotlari rahbarlari va o‘rinbosarlari kambag‘al oilalarga biriktirildi. Xususan, O‘rta Chirchiq tumani hokimi, 1-sektor rahbari Ixtiyor Qosimov Yangi turmush mahallasida bo‘lib, ijtimoiy himoya milliy reyestriga kiritilgan “Zamin” ko‘chasidagi 3-uyda istiqomat qiladigan fuqaro Mohira Tog‘ayeva xonadonida bo‘lib u bilan suhbatlashdi.
Bir hovlida uch oila yashagani, qolaversa, vaqtincha ishsiz bo‘lgani uchun himoya milliy reyestriga kiritilgan xonadon bekasi hozirgi kunda chakana savdo va chorvachilik bilan shug‘ullanib keladi. Tuman rahbari bilan bo‘lgan muloqotda Mohira Tog‘ayevaga kadastr, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minotiga ulanish bo‘yicha murojaatlari qanoatlantirildi. Shuningdek, chakana savdo bo‘yicha faoliyatini yanada kengaytirish uchun do‘kon o‘rnatish yuzasidan ham ko‘mak ko‘rsatiladigan bo‘ldi.
[gallery-19830]
Shuningdek, Ixtiyor Qosimov ushbu mahallaning “Hayot” ko‘chasidagi 38-uyda yashovchi Ra’no Rahmonova va uning oila a’zolari bilan muloqotda bo‘ldi. Suhbat davomida xonadondagi mavjud muammolarni hal qilish choralari ko‘rildi. R.Rahmonova sarimsoqpiyozni donalarga bo‘lib, tozalab beradi. Buning uchun u har bir kilosiga buyurtmachidan haq oladi.
– Ra’no opa boshqa oilalarga o‘rnak bo‘ladi. Bu olma pish, og‘zimga tush deganlar uchun namunadir. Farovon yashash uchun harakat qilayotgan mana shunday ayollarga barcha sharoitni yaratib berishga tayyormiz. Albatta, bu kabi sa’y-harakatlarimiz sabab hududimizda kambag‘al oilalar kamayadi, – dedi tuman hokimi Ixtiyor Qosimov.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/GggLtEHVMmY?si=ejjVVPzGgkRqow_3" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>A.Musayev, A.Alijonov (Surat,Video),
O‘zA.