Maqsad kuz-qiş mavsumini betalafot ötkaziş
Qaşqadaryo viloyat favqulodda vaziyatlar boşqarmasi taşabbusi bilan OAV vakillari iştirokida “Qaşqadaryo viloyatida kuz-qiş mavsumini xavfsiz ötkaziş, yonğin va is gazidan zaharlanişning oldini oliş hamda “Energiya resurslaridan xavfsiz foydalaniş oyligi” doirasida rejalaştirilgan tadbirlar” mavzusida matbuot anjumani bölib ötdi.
Qarşi şahar favqulodda vaziyatlar bölimi binosida taşkil etilgan tadbirda tizim xodimlari, OAV vakillari, mavzuga aloqador taşkilotlar masʼullari va boşqalar iştirok etdi.
Tadbirda boşqarma boşliği Farhod Mirzayev iştirok etib, slaydlar yordamida kuz-qiş mavsumida is gazidan himoyalaniş, xavfsizlik qoidalari, belgilangan talablar va normalar xususida jurnalistlarga batafsil maʼlumot berib ötdi.
Taqdimot davomida is gazidan zaharlaniş bilan boğliq statistik raqamlarga ham töxtalib ötildi.
Jumladan, tahlillarga köra, viloyatda 2024-yilda 2 ta holatda 4 nafar, 2025-yilda 1 ta holatda 1 nafar, 2026-yilning ötgan davrida esa 1 ta holatda 3 nafar fuqaro is gazidan zaharlaniş oqibatida vafot etgan. Şuningdek, sönggi uç yilda gaz-havo aralaşmasi çaqnaşi bilan boğliq 18 ta holat qayd etilib, oqibatda 14 nafar fuqaro halok bölgan, 57 nafari turli darajadagi tan jarohatlari olgan.
[gallery-32342]
Maʼlumotlarga köra, viloyatda 2026-2027-yillar kuz-qiş mavsumini betalafot ötkaziş, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obʼektlarida yonğin, is gazidan zaharlaniş hamda gaz-havo aralaşmasi çaqnaşining oldini oliş maqsadida 16 şahar va tumanda hokimliklar bilan hamkorlikda ştablar va işçi guruhlar taşkil etilgan va ularga 355 nafar xodim jalb etilgan.
Köp qavatli uy-joylarda 70 ming 925 ta xonadon örganilib, 237 ming 150 ta xonadonda tarğibot işlari olib borilgan. Aniqlangan 28 ming 667 ta kamçilikning 92 foizi bartaraf etilgan.
F.Mirzayev jurnalistlar bilan muloqot davomida salbiy oqibatlarga olib keluvçi favqulodda holatlarning oldini olişda, tarğibot işlarini kuçaytiriş, aholining ogohligini oşiriş borasida jurnalistlarni hamkorlikka çaqirdi.
Ölmas Barotov, Jamşid Norqobilov (surat), ÖzA muxbirlari