Maqsad – el salomatligini asrash
Farg‘ona shahrida yosh mutaxassis Sardorbek Karimov tashabbusi bilan “Dentimo Medical” bolalar va kattalar diagnostika markazi foydalanishga topshirildi.
“Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi – amalda
Farg‘ona shahrida yosh mutaxassis Sardorbek Karimov tashabbusi bilan “Dentimo Medical” bolalar va kattalar diagnostika markazi foydalanishga topshirildi.
Andijon davlat tibbiyot institutining stomatologiya fakultetini bitirgan Sardorbek o‘zining ezgu maqsadini amalga oshirishda “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturida belgilangan imkoniyatlarga tayanib ish tutdi. “Hamkorbank” tomonidan taqdim etilgan 1 milliard 200 million so‘m kredit mablag‘i evaziga tibbiy markaz yangi uskunalar bilan jihozlandi. Tibbiy uskuna va jihozlar Germaniya, Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya, Yaponiya, Slovakiya kabi davlatlarda ishlab chiqarilgan. Endilikda bu yerdapediatr, kardiolog, allergolog, stomatolog, oftalmolog, nevropatolog va boshqa mutaxassislar aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatadi.
– Malakali shifokorlar maslahati va to‘g‘ri tibbiy tahlillar, o‘ylaymanki, yurtdoshlarimizga ma’qul keladi, ularning shifo topishi imkoniyatlarini kengaytiradi, – deydi Sardorbek. – Markazda yoshlik va tajriba uyg‘unlashgan, desam, adashmagan bo‘laman. 40 nafar xodimning 15 nafari yoshlardir. Yil oxiriga qadar ish o‘rinlarini yana ko‘paytiramiz.



