“Manchester Siti” Aleks Baenaga qiziqish bildirmoqda
Biroq “Atletiko Madrid” Baenani sotishni rejalashtirmayotgani sabab yanvar oyida transferni amalga oshirish juda qiyin bo‘lishi kutilmoqda.
“Atletiko Madrid” vingeri Aleks Baena Angliya Premyer-ligasining bir nechta klublari e’tiboriga tushdi.
Manbaga ko‘ra, 25 yoshli ispaniyalik futbolchiga “Manchester Siti”, “Nyukasl” va “Aston Villa” qiziqish bildirmoqda. Biroq “Atletiko Madrid” Baenani sotishni rejalashtirmayotgani sabab yanvar oyida transferni amalga oshirish juda qiyin bo‘lishi kutilmoqda.
Shunga qaramay, ingliz klublari qishki transfer oynasida futbolchining transferi bo‘yicha vaziyatni o‘rganib ko‘rmoqchi. Muzokaralar yanvarda boshlanib, kelishuv kelasi yozda amalga oshirilishi ham mumkin.
Baena yangi mavsumni sermahsul boshladi. U La Ligada o‘tkazgan 3 uchrashuvida 3 ta gol urib, 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.