Manaslik yoshlar bilan uchrashuv
Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi Manas qishlog‘i madaniyat saroyida shu yil 25 dekabr kuni poytaxtimizdagi “Xumo Arena” saroyida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston yoshlar birinchi forumi taassurotlariga bag‘ishlab respublikamiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan “Mahalla yoshlari bilan muloqot” loyihasi doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi Manas qishlog‘i madaniyat saroyida shu yil 25 dekabr kuni poytaxtimizdagi “Xumo Arena” saroyida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston yoshlar birinchi forumi taassurotlariga bag‘ishlab respublikamiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan “Mahalla yoshlari bilan muloqot” loyihasi doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ulardagi vatanparvarlik, fidoyilik fazilatlarini yanada kuchaytirish orqali ularni “Yangi O‘zbekiston” g‘oyasi atrofida birlashtirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda qishloq yoshlaridan tashqari viloyat, tuman xokimliklari rahbarlari, Yoshlar ittifoqi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar birinchi forumi ishtirokchilari, jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Jizzax viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Furqat Jo‘raqulov Prezidentimizning O‘zbekiston yoshlarining birinchi forumidagi ma’ruzasida belgilab bergan vazifalar asosida yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, imkoniyatlar yaratishda amalga oshirayotgan ishlarga to‘xtaldi.
Tadbir doirasida ijodkor, hunarmand, tadbirkor yoshlarning ijodiy ishlari, ishlab chiqarayotgan mahsulotlari ko‘rgazmasi namoyish qilindi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasidagi loyihalar taqdimoti tashkil etildi.
Madaniyat saroyi tomoshalar zaliga o‘rnatilgan katta monitor orqali yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yo‘nalishidagi islohotlar to‘g‘risida video rolik namoyish etildi.
Tadbirda talabalar, tadbirkor, ish bilan band bo‘lmagan yoshlar davlatimiz tomonidan yoshlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxurlik va e’tibor uchun minnatdorchilik bildirdi.
– Men maktabni bitirganimdan so‘ng qishloq madaniyat saroyida ishlayapman, shu sohada o‘qishni hohlayman, – deydi Marjona Isroilova. – Afsus, yetarli ball to‘play omaganim uchun o‘qishga kirolmadim. Ammo Prezidentimiz tomonidan qishloq madaniyat muassasalarini mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida ajratgan kvota mening orzuim ushalishi uchun yana bir imkoniyat berdi. Men bu imkoniyatdan foydalanib o‘qishga kirishga harakat qilaman. Prezidentimizning yoshlar bilan uchrashuvda bizga bildirgan yuksak ishonchi, belgilab bergan vazifalar ona Vatanimizga, xalqimizga yanada sodiq bo‘lishga, yurtimizga yanada ko‘proq naf keltiradigan ishlarni amalga oshirishga chorladi.
Tadbir davomida viloyatdan kelgan san’atkorlar, Manas qishloq madaniyat saroyi qoshidagi badiiy havaskorlik ansambili ishtirokchilari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar tadbir qatnashchilariga xush kayfiyat bag‘ishladi. Qishloq sportchi yoshlari ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etdi.
[gallery-636]
T. BEKNAZAROV, J. YORBEKOV (surat), O‘zA