Mamlakatimizda mashhur brendlarni yaratish zarur
Toshkentda to‘qimachilik sanoati korxonalari uchun “Brending maktabi” nomli trening o‘tkaziladi.
Unda mamlakatimizdagi to‘qimachilik korxonalari vakillari 5 kun mobaynida brendlarni yaratish va rivojlantirish strategiyasini o‘rganadi. Shuningdek, ular o‘z buyumlarini xalqaro bozorda namoyish etish, ularni bozorga olib kirishda milliy o‘ziga xosligimizdan foydalanish bo‘yicha o‘z bilimlarini oshiradi.
“O‘zto‘qimachilik sanoat” uyushmasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, tadbir AQSH ning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tadbirkorlik va biznes-muhitni rivojlantirish dasturiga muvofiq o‘tkazilmoqda. O‘qish joriy yilning 16-20 oktyabr kunlari “O‘zto‘qimachilik sanoat” uyushmasida bo‘lib o‘tadi.
Unda Yevropa yangiliklar akademiyasi eksperti Sergey Stanovkin o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashadi.
Roman Bondarchuk tayyorladi, O‘zA