Mamlakat soğlom avlod bilan qudratlidir
Prezidentimiz taşabbusi bilan 1993-yil 23-aprelda taşkil etilgan “Soğlom avlod uçun” xalqaro xayriya jamoat fondi yurtimizda ona va bola soğliğini mustahkamlaş, soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş va soğlom avlodni tarbiyalaşga yönaltirilgan loyihalarni amalga oşirib kelmoqda.
— Soğlom avlod deganda, avvalo soğlom nasl, çiniqqan kuçli, şu bilan birga maʼnaviy, soğlom fikrli, iymonli, mard va jasur, öz Vatanini sevadigan avlodlar tuşuniladi. Ijtimoiy taraqqiyotda millat genofondini saqlaş va yoş avlod kamolotini taʼminlaş muhim vazifa hisoblanadi, — deydi fondning Qoraqalpoğiston Respublikasi filiali direktori Orazgul Yembergenova — Har qanday davlatning kelajagi bevosita uning aholisi salomatligiga boğliq. Şu bois ösib kelayotgan yoş avlod salomatligini mustahkamlaş, har bir mamlakat taraqqiyotida muhim örin tutadi. Kelajagimiz poydevori bugun qançalik mustahkam qurilayotgani, farzandlarimizning baxtli bölişi uçun amalga oşirilayotgan işlarimiz bilan boğliq.

“Soğlom avlod uçun” xalqaro xayriya fondi tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasining taşkil etilganiga 30 yil tölmoqda. Uşbu tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan şahar va tuman şifokorlari bilan hamkorlikda uzoq va çekka hududlarda yaşovçi nogironligi bölgan şaxslar, özgalar parvarişiga muhtoj qariyalar, boquvçisini yöqotgan ayollar, 14 yoşgaça bölgan bolalar, voyaga yetmaganlar, tuğiş yoşidagi ayollar, kam taʼminlangan va köp bolali oila aʼzolari tibbiy körikdan ötkazilib, ularga sanitariya-gigiyena vositalari, vitaminga boy quritilgan oziq-ovqat mahsulotlari hamda dori-darmonlar berildi. Yil davomida xotin-qizlarning salomatligini mustahkamlaş, soğlom avlodni tarbiyalaşda jamoatçilikning rolini oşiriş böyiça fuqarolar yiğinlari hududlarida, mehnat jamoalarida, öquv yurtlarida turli mavzularda davra suhbatlari va tuşuntiriş işlari olib borilmoqda.

Har bir bayram munosabati bilan nogironligi bölgan şaxslar, yolğiz keksalar, boquvçisini yöqotganlar, köp bolali oila aʼzolaridan manzilli xabar olinib, xayriya yordamlari körsatiladi. Tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi şifokorlari tomonidan “Baloğat davri” loyihasi doirasida Xöjayli, Amudaryo tumanlari hamda Nukus şahrining barça maktablarida 7-11 sinf öquvçilari orasida “Procter & Gamble” kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan öquv materiallaridan foydalangan holda tarğibot-taşviqot işlari olib borilib, sanitariya-gigiyena buyumlari tarqatiladi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi "Reproduktiv yoşdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga körsatiladigan tibbiy yordam sifatini oşiriş va kölamini yanada kengaytiriş töğrisida"gi qarorini, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlaş, onalar, bolalar va ösmirlar salomatligini mustahkamlaş töğrisidagi Davlat dasturlarining ijrosini taʼminlaş maqsadida “Özbekiston temir yöllari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Salomatlik” tibbiy-sanitar yordam poyezdi xizmat körsatib kelmoqda.
2001-yildan boşlab 25 yil davomida Qoraqalpoğiston Respublikasining eng çekka hududi Qozoğiston Respublikasi bilan çegaradoş Qönğirot tumani “Qoraqalpoğiston” va “Jasliq” şaharça fuqarolar yiğinlari, Törtköl tumani “Oqqamiş” qişloq fuqarolar yiğinlarida yaşovçi aholi çuqurlaştirilgan tibbiy körikdan ötkazilib, aholini dori-darmonlar, sanitariya-gigiyena buyumlari, uy-rözğor buyumlari, oziq-ovqat bilan taʼminlab kelmoqda. “Muruvvat” uylari, maxsus maktab-internatlari, bolalar uyi tarbiyalanuvçilari salomatligi doimiy eʼtiborda bölmoqda.

Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismda işlovçi ayollar hamda harbiy xizmatçilarning oila aʼzolari bilan hamkorlik tizimining samaradorligini oşiriş maqsadida “Soğlom avlod uçun” xayriya fondi Tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi oliy toifali şifokorlari bilan birgalikda harbiy qismlarda hamda Milliy gvardiya Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça boşqarmasida xizmat körsatayotgan ayollar, hamda harbiy xizmatçilarning oila aʼzolari çuqurlaştirilgan tibbiy körikdan ötkazildi.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi “Soğlom avlod uçun” hukumatga qaraşli bölmagan xalqaro xayriya fondining faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” qaroriga muvofiq fondning şahar va tumanlarda taşkil etilgan tayanç punktlarining vazifalari hududiy filiallarga yuklatildi.
Mazkur qaror asosida joylarda, ayniqsa olis va çekka hududlarda reproduktiv yoşdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga körsatiladigan tibbiy yordam sifatini oşirişni yanada yaxşilaş maqsadida reproduktiv yoşdagi ayollar va bolalar orasida kasallanişni kamaytirişga hamda ularni soğlomlaştirişga yönaltirilgan “Soğlom ayol va bola oyligi” yiliga ikki marotaba taşkil etilmoqda.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri