Malika qirollik farmoniga koʻra elchi boʻldi
Malika Rima binti Bandar Al-Saud Saudiya Arabistonining AQSHdagi yangi, ilk ayol elchisi boʻldi.
Malika Rima binti Bandar Al-Saud Saudiya Arabistonining AQSHdagi yangi, ilk ayol elchisi boʻldi. “Associated Press“ xabariga koʻra, Malika Rima otasining elchi boʻlgan davrida 20 yil AQSHda yashagan va taʼlim olgan.
Yangi elchi oʻzining xayriya faoliyati bilan mashhur boʻlgan. Malika qirollik farmoniga koʻra, mudofaa vaziri oʻrinbosarligiga oʻtkazilgan shahzoda Xolid bin Salmon bin Abdulaziz oʻrniga elchi boʻldi.