Maldiv MSK rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Markaziy saylov komissiyasida xalqaro kuzatuvchilar missiyasi a’zolari va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar davom etmoqda. Bugun MSK raisi Zayniddin Nizamxodjayev boshchiligidagi ekspertlar guruhi Maldiv Respublikasi saylov komissiyasi raisi Fuvad Tavfiq bilan uchrashdi.
Dastlab mehmonlarga bu yilgi deputatlik saylovi mutlaqo yangicha, zamonaviy, qolaversa shaffoflikka asoslangan tizim asosida tashkil qilingani haqida batafsil ma’lumot berildi.
Muloqot davomida janob Fuvad Tavfiq ham so‘z olib, jumladan, shunday dedi:
– Avvalo, mamlakatingizda o‘tayotgan saylov jarayonida ishtirok etishdan mamnunligimni izhor etaman. O‘zaro hamkorligimiz natijasida, jumladan, O‘zbekistonning kuchli mutaxassislari bizning saylovda ishtirok etgan edi. Kelajakda hukumatlarimiz saylov tizimini takomillashtirish yo‘lida yanada ko‘proq va samarali ishlashidan umidvorman.
[gallery-19983]
Musulmon Ziyo,
Asliddin Alijonov (surat), O‘zA