Malayziya Bosh vaziri Buxoroga yo‘l oldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan yurtimizda rasmiy tashrifini amalga oshirayotgan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim 19-may kuni Samarqanddan Buxoroga jo‘nab ketdi.
Oliy martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida viloyati hokimi E. Turdimov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.




G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari