Malaka oshirish instituti tashkil topganining 5 yilligi nishonlandi (+video)
Ma’lumki, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida ichki ishlar organlari tizimida professional kadrlar tayyorlashni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish hamda o‘quv jarayonlarini zamonaviy yondashuvlar asosida tadbiq etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida muassasa tashkil etilganining 5 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tantanali marosimda institutning so‘nggi 5 yil davomida erishgan yutuqlari, ichki ishlar organlari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashdagi o‘rni va ahamiyati haqida alohida ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining bayram munosabati bilan yo‘llangan tabrigi o‘qib eshittirildi. Tabrikda institut jamoasining samarali faoliyati, ta’lim jarayoniga ilg‘or yondashuvlarni joriy etish borasidagi xizmatlari yuqori baholandi.
[gallery-28854]
Tadbir davomida institut tarixi, uning tashkil etilgan ilk kunlaridan buyon bosib o‘tgan yo‘li, ilmiy va amaliy faoliyati hamda kadrlar tayyorlash tizimidagi o‘rni aks ettirilgan ma’ruzalar va taqdimotlar namoyish etildi.
Marosimning eng muhim qismi sifatida “Malaka oshirish institutining esdalik nishoni” ta’sis etilgani rasman e’lon qilindi. Ushbu nishon bilan institut rivojiga munosib hissa qo‘shgan, o‘zining fidokorona mehnati va yuqori natijalari bilan ajralib turgan bir qator xodimlar taqdirlandi.
Shu bilan birga, tadbir doirasida faol xodimlar va xizmatda yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan tinglovchilarga esdalik sovg‘alari ham topshirildi. Bu esa jamoada mehnatga rag‘batni yanada oshirish, xizmat samaradorligini yuksaltirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Tantanali tadbir ko‘tarinki ruhda, bayramona kayfiyatda o‘tib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Unda institut jamoasining birdamligi, yuksak mas’uliyati va kelgusi maqsadlarga intilishi yana bir bor namoyon bo‘ldi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/mvv_Si-nrQA" title="Malaka oshirish instituti tashkil topganining 5 yilligi nishonlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Salimjon Obidjonov,
Farhod Abdurasulov (surat),OʻzA