Maktablarga sport inventarlari topshirildi
Jizzax viloyati soliq boshqarmasi tomonidan Sharof Rashidov hamda Zomin tumanlarining 4-sektor hududidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablariga sport inventarlari topshirdi.
Mamlakatimizda aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlar orasida jismoniy madaniyatni shakllantirish va yurtdoshlarimizning salomatlik darajasini oshirishga alohida e’tibor berilmoqda.

Ayni kunda sektorlar kesimida qishloq va mahallalar yoshlari o‘rtasida sportning futbol, mini-futbol, voleybol, yengil atletika, shaxmat-shashka, stol tennisi, basketbol turlari bo‘yicha musobaqalarga tayyorgarlik ishlari qizg‘in olib borilmoqda.
Jizzax viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Toshpo‘latov boshchiligida 4-sektor hududida joylashgan Sharof Rashidov tumanidagi “Nonisangil” hamda Zomin tumanidagi “Turkman” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi umumta’lim maktablari o‘quvchi-yoshlariga sport inventarlari yetkazib berildi.

– Endilikda yoshlarimiz ushbu inventarlardan foydalanib, hududlardagi mahallalar o‘rtasida tashkil etiladigan sektor musobaqalariga puxta tayyorgarlik ko‘radilari, degan umiddamiz, – deydi Jizzax viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Toshpo‘latov. – Shuningdek, sektor mas’ullari tomonidan aniqlangan ro‘yxatga asosan o‘quv muassasalariga yangi stol tennisi anjomlari ham yetkazib berishni rejalashtirganmiz.

Bundan tashqari, sektor rahbari mahallalardagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va ta’lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashib, muloqotda bo‘ldi. Hududda yuzaga kelgan muammolarni aniqlab, bosqichma-bosqich hal etish choralari ko‘rish bo‘yicha mutasaddilar zimmasiga aniq vazifalar belgilab berildi va ularning ijrosini o‘z nazoratiga olishini ta’kidladi.

Jizzax viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i viloyatning 4-sektor hududida joylashgan boshqa umumta’lim maktablarida sport inrventarlari bilan ta’minlanishini o‘rganishni rejalashtirgan.
A.QAYUMOV,
J.YORBEKOV (surat), O‘zA