Maktablardagi sharoit va imkoniyatlar o‘rganilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma prokurori Dilmurod Baymatov Jizzax shahridagi 4-, 6- va 22-sonli umumta’lim maktablaridagi ta’lim sifati, darslar jarayoni, o‘quvchilarga yaratilgan imkoniyat, sharoit va qulayliklar bilan tanishdi.
Dastlab, Jizzax shahridagi 1919 nafar o‘quvchi ta’lim olayotgan 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga borildi. U yerda o‘quvchilar bilan suhbatlashildi. Prokuror bitiruvchilarning kelgusidagi rejalari, maktabda yaratilgan imkoniyatlar, qanday muammolar borligi bilan qiziqdi.

Boshqa maktablarni o‘rganish jarayonida oshxonada o‘quvchilarga mumkin bo‘lmagan mahsulotlarni sotmaslik, sanitariya gigiyena qoidalariga amal qilish va o‘quvchilarning sog‘lig‘iga yomon ta’sir ko‘rsatuvchi energetik ichimliklarni savdoga qo‘ymaslik haqida aytildi. Nazorat kameralarining ishlashi ko‘zdan kechirildi.

Bosh prokuratura vakili mas’ullar bilan birgalikda Jizzax viloyatidagi umumta’lim maktablaridagi holat va o‘quvchilarga yaratilayotgan sharoitlarni o‘rganishda davom etmoqda.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA