Maktabda zamonaviy sport zali
Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi 17-umumta’lim maktabida zamonaviy sport zali foydalanishga topshirildi.
Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi 17-umumta’lim maktabida zamonaviy sport zali foydalanishga topshirildi.Navqiron avlodni jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk hamda zamonaviy bilim va kasb-hunar sirlarini puxta o‘zlashtirgan mutaxassislar etib tarbiyalash, ta’lim maskanlarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash Prezidentimiz rahnamoligida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning ustuvor yo‘nalishidir.
O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining 586 million so‘m mablag‘i evaziga “Mohitobon” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan barpo etilgan sport zali zamonaviy tarzda jihozlandi. Bu yerda har kuni yuzdan ziyod yoshning basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi, badiiy gimnastika, mini-futbol, stol tennisi, kurash va boshqa sport turlari bilan shug‘ullanishi uchun imkoniyat mavjud.
Vobkent tumanidagi 12-umumta’lim maktabida ham xuddi shunday sport zali barpo etildi.