Maktab maslahatchisi lavozimiga sinovlar boshlandi (+video)
Prezidentimizning 2025 yil 8 sentyabrdagi “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarori bilan mamlakatimizdagi davlat umumta’lim maktablarida maktab maslahatchisi lavozimi joriy etildi.
Mazkur qaror ijrosi doirasida Namangan shahridagi 15-sonli umumta’lim maktabida Namangan viloyati “Kelajak” markazi tomonidan “Kelajak” markazi direktori hamda o‘quvchilar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maktab maslahatchisi lavozimiga nomzodlar belgilangan tartiblar asosida test sinovlaridan o‘tkazilmoqda.

– Sinov jarayonlari belgilangan tartib va talablar asosida, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarida o‘tkazilmoqda. Tegishli mutaxassislar jarayonlarning tashkil etilish holatini ko‘zdan kechirmoqda. Namangan viloyatidagi 700 dan ziyod maktablarga maslahatchi vazifasiga 1240 nafar nomzod ro‘yxatdan o‘tgan. Test sinovlarida nomzodlarning kasbiy bilimlari, normativ-huquqiy hujjatlardan xabardorligi, shuningdek, yoshlar bilan ishlash ko‘nikmalari baholanadi. Belgilangan nizomga muvofiq, ishtirokchilar 90 daqiqa ichida 30 ta test topshiriqlarini bajarishi lozim va eng yuqori ball to‘plaganlar suhbat bosqichida qatnashish huquqiga ega bo‘ladi. Saralashning ikkinchi bosqichidagi suhbatdan o‘tgan nomzodlar maktab maslahatchisi lavozimiga tayinlanadi, – deydi respublika Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimi Bahromjon Aminov.
Jarayonlar yakunlariga ko‘ra, yangi ilm maskanlaridagi 355 ta o‘rin uchun yoshlarning iqtidori va tashabbuslarini rivojlantirishga qodir, bilimli va tashabbuskor munosib kadrlar nomzodlar ishga qabul qilinadi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/yWgUW1I7CKg" title="Maktab maslahatchisi lavozimiga sinovlar boshlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Oqilxon Dadaboyev, Hotam Mamadaliyev (surat), Mardon Esonboyev (video), O‘zA.