Maktab maslahatchisi lavozimi uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi
Pedagogik mahorat markazida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Kelajak” markazlarining umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yurituvchi maktab maslahatchisi lavozimi uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 8 sentyabrdagi “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, “Kelajak” markazlarining umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida vertikal tizimini joriy etish maqsadida o‘quvchilar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maktab maslahatchisi lavozimini joriy etilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad, maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish, zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish, ularni intellektual jihatdan yetuk, Vatanga sadoqatli, tarix va milliy madaniyatimizga hurmat ruhida tarbiyaladan iborat.
[gallery-27166]
Test sinovlari jarayonida ushbu lavozimga jami 728 nafar nomzod hujjat topshirib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. Test sinovlari belgilangan tartib va talablar asosida shaffof va oshkora muhitda adolat tamoyillariga amal qilgan holda tashkil etilib, talabgorlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalari xolisona baholanmoqda. Sinovlar 30 ta savoldan iborat bo‘lib, yuqori natija ko‘rsatgan talabalar keyingi bosqich - suhbat jarayoniga tavsiya etiladi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA muxbirlari