Mahoratli pedagog
FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyati Kogon tumanidagi 2-umumta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi Nigina Ismatova ta’lim sohasida 9 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
Pedagog dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va samarali metodik usullardan foydalanib, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, tarixiy tafakkuri va fanga qiziqishini oshirishga e’tibor qaratadi.
Nigina Ismatova o‘z faoliyati davomida qator tanlov va malaka sinovlarida ishtirok etib, munosib natijalarga erishgan. Jumladan, 2025/2026 o‘quv yilida navbatdan tashqari malaka sinovlarida 92 ball to‘plab, oliy toifasini himoya qilgan.
[gallery-31736]
Ustoz mehnatining muhim natijalaridan biri — shogirdlari erishayotgan yutuqlardir. U tomonidan qo‘shimcha mashg‘ulotlarga jalb etilgan 30 nafardan ortiq o‘quvchi oliy ta’lim muassasalari talabasi bo‘lgan. Ular orasida tarix fani bo‘yicha milliy sertifikatga ega bo‘lganlar, fan olimpiadalari va turli tanlovlarda yuqori natijalarga erishganlar bor.
N. Ismatova yoshlarga sifatli bilim berish, ularni mustaqil fikrlash va izlanishga o‘rgatishni o‘z faoliyatining asosiy vazifalaridan biri deb biladi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA