Mahallalarda xavfsiz muhit yaratiladi
Prezidentimizning joriy yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, aholi muammolarini manzilli o‘rganish va hal etish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Respublika ishchi guruhi a’zolari tomonidan Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida qarorda belgilangan vazifalarning joylardagi ijrosi, sohalar kesimida amalga oshirilgan ishlar, aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar o‘rganildi, erishilgan natijalar har tomonlama tahlil qilindi.


O‘rganish davomida kriminogen vaziyat og‘ir hududlarda xavfsizlikni ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi baholanib, mavjud muammo va kamchiliklar yuzasidan tegishli xulosalar qilindi.

O‘rganishlar yakunida joylardagi ishlarni yanada takomillashtirish, ijro intizomini mustahkamlash, aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash bo‘yicha mas’ul rahbar va mutasaddilarga topshiriq va tavsiyalar berildi.
Faxriddin Ubaydullayev,
O‘zA muxbiri.