Mahallada ixcham tibbiyot shoxobchasi ish boshladi
Hududlarda tibbiyot punktlari tarmog‘ini vujudga keltirish, ixtisoslashgan tibbiy xizmat ko‘rsatishni bugungi kun talablari asosida rivojlantirish, xususiy tibbiyot muassasalari salohiyatidan samarali foydalanish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush madaniyatini shakllantirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan.
Namangan viloyatida poliklinikalardan uzoqda joylashgan mahallalar aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish borasida qator chora-tadbirlar bajarilmoqda.
Xususan, Davlatobod tumanining birlamchi tibbiyot muassasasidan uzoq masofada joylashgan Yelhon mahallasida ham tibbiyot shoxobchasi (konteyner) tashkil etildi.
Ushbu shoxobchada elektr, suv, kanalizatsiya tarmoqlari mavjud bo‘lib, qishda issiq, yozda salqin.
[gallery-6748]
Tibbiyot shoxobchasining ochilish marosimida tuman hokimi sektor rahbarlari, nuroniylar, yoshlar vakillari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Hotam MAMADALIEV, O‘zA