Mahalla tizimidagi achinarli raqamlar
Mahalla raislarining 35-40 foizi talabga javob bermaydi.
Mahalla raislarining 35-40 foizi talabga javob bermaydi.
***
Ishda yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov, vazir oʻrinbosarlari Azizbek Ikromov va Botir Parpiyevga hayfsan eʼlon qilingan.
***
Vazirlikka mahalla raisi va xodimlari xatti-harakatidan ustidan norozi boʻlgan 5173 ta shikoyat va arizalar kelib tushgan.
Eng koʻp murojaat Qashqadaryo viloyatida 756 ta, Toshkent shahrida 640 ta, Surxondaryo viloyatida 578 ta, Samarqand viloyatida 450 ta, Toshkent viloyatida 397 ta, Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlarida 360 tani tashkil etadi.
***
Ishsiz fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish boʻyicha birgina Navoiy viloyatida 8680 nafar fuqaroga tavsiya berilgan boʻlsa, ulardan 493 tasiga kredit ajratilgan, xolos.
***
9150 ta mahallalarning kamida yarmida oʻquv kurslarini tashkil etishlari belgilangan. Ammo, bugungi kunga qadar bironta mahallada ushbu kurslar tashkil etilmagan.
***
Respublika boʻyicha 39 ta mahallaning idorasi mavjud boʻlmagani sababli raisning shaxsiy xonadonida, 134 mahalla oʻz binosi yoʻqligi sababli, qoʻshni mahallalar binosida faoliyat koʻrsatmoqda.
***
Mahallalar oʻzining vakolat vazifalari qolib, boshqa ishlar bilan shugʻullanib yuribdi;
xodimlarga soliq yigʻimlari va kommunal toʻlovlarni undirish rejasi qoʻyilib, majburiy ishlarga jalb etilmoqda;
ayrim hududlarda qora va rangli metallar, yaʼni metallom yigʻib topshirish vazifasi yuklatilgan.