Mahalla raislariga kompyuterlar topshirildi
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatining muhim asosi bo‘lgan mahalla tizimiga e’tibor tobora ortib bormoqda.
Mahalla fuqarolar yig‘inlarining faolligini oshirish, mahalladagi mavjud kamchiliklarga yechim topishda sohaga zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlash joiz.
Poytaxtimizning Bektemir tumani hokimligida hudud mas’ul idoralari vakillari, mahalla faollari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida tumandagi jami 11 ta mahalla fuqarolar yig‘ini raislariga kompyuterlar topshirildi.
Avvalroq Bektemir tumani mahalla fuqarolar yig‘inlari raislariga planshetlar berilgan edi.
Maftuna KARIMOVA, O‘zA