Mahalla raisining kirdi-kori fosh bo‘ldi
Uchko‘prik tumanida fuqaroning 23,7 million so‘mini qo‘lga kiritgan mahalla raisi aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchko‘prik tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda mahalla raisining firibgarligi fosh bo‘ldi.
Tumandagi «T» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi M.M. fuqaro Sh.ga imtiyozli narxlarda uy olib berishni va’da qilib, aldov yo‘li bilan uning 23,7 million so‘mini qo‘lga kiritganligi aniqlanib, shundan 3 million so‘mini qaytarganligi holati protsessual tartibda rasmiylashtirilgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
M. Sulaymonov, O‘zA