Mahalla obod bo‘lsa, yurt obod bo‘ladi
Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirib kelinayotgan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari asosida olis-olis qishloqlarimizda, mahallalarimizda qurilish, bunyodkorlik ishlari avj olib, yurtimizning har bir go‘shasi obad maskanlarga aylanmoqda. bugungi kunga qadar ushbu dasturlar doirasida 5 millionga yaqin yurtdoshimiz yashaydigan 1 ming 200 ta mahalla va qishloqdagi sharoitlar yaxshilanganligi joriy yilning 24 mart kungi videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tildi.
Davlatimiz rahbari raisligida o‘tgan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida joriy yilda amalga oshiriladigan ishlar muhokamasiga qaratilgan videoselektor yig‘ilishia oldimizga yanada ulkan ishlarni qo‘ydi. Bu yig‘ilishdagi nutq balandparvoz gaplardan holi, hayotiy misollarga boyligi va eng muhimi, samimiyligi bilan qalbimizdan chuqur joy oldi. Bu bejiz emas. Hammani ezgu ishga safarbar etadigan uchrashuv bo‘ldi.
Ana shunday ulug‘vor niyatlar bilan boshlangan izchil islohotlarning samarasini esa barchamiz o‘z hayotimiz, taqdirimiz misolida ko‘rib turibmiz.
Joriy yilda ham dasturlar doirasidagi ishlarga jami 21 trillion so‘m mablag‘ ajratilib, 8 mingta mahallada obodonlantirish ishlarini olib borish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Prezidentimizning “Og‘ir inqirozdan chiqqan yilimiz, tashqi qarz jalb etmasdan, shuncha mablag‘ ajratayapmiz. Bunaqa imkoniyat O‘zbekiston tarixida bo‘lmagan. Lekin bu mablag‘ni loyiha bilan, halol-pok ishlatib, elga munosib sharoit yaratish kerak”, degan so‘zlari o‘zgacha ta’sir etdi.
Yana bir ahamiyatli jihati, bundan buyon “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga qaysi mahalla yoki qishloq kirishini mahalliy kengashlar belgilashi adolatli bo‘ldi. Aniqrog‘i mahalliy kengashlar har bir mahalla kesimida ijtimoiy soha, ichimlik suvi, yo‘l-transport va infratuzilma ob’ektlari manzilli dasturini tasdiqlaydi. Qurilish vazirligi hokimliklar bilan birga ularning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga mas’ul bo‘ladi.
Bundan tashqari ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli og‘ir qishloq va mahallalarni kompleks rivojlantirish uchun 3 trillion 300 milliard so‘m ajratilishi belgilandi.
Yig‘ilishda obodonchilik bilan bir qatorda aholi bandligini oshirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Buning uchun, tadbirkorlik va bandlik dasturlarini mahallaga bog‘lab, 500 ming nafar yosh va 200 ming xotin-qizni ish bilan ta’minlash, “temir daftar”ga kiritilgan 300 ming nafar aholini kambag‘allikdan chiqarish maqsad qilib qo‘yildi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, o‘zimiz o‘zimizga xiyonat qilmasak, o‘zimiz o‘zimizni aldamasak, halol-pok bo‘lib mehnat qilsak, aminmizki, ko‘zlangan barcha marralarga albatta yetamiz.
Nurlibay QAIPBERGENOV,
O‘zbekiston «Adolat» SDP
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi
O‘zA