Mahalla idorasi endi yangi binoda
FOTOREPORTAJ
Namangan tumanidagi “Yashnaobod” mahalla fuqarolar yig‘inining yangi binosi foydalanishga topshirildi. “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi doirasida yangidan bunyod etilgan maskanda mahalla yettiligi faoliyati uchun barcha sharoit yaratilgan.
Ta’kidlash kerak, mazkur mahallada 7 ta ko‘cha mavjud bo‘lib, dastur asosida jami 9 kilometr masofadagi ichki yo‘llarni asfaltlash, 2 kilometr piyodalar yo‘lagi tashkil etish, elektr ta’minotini yaxshilash uchun 78 ta yangi beton tayanch ustun o‘rnatilib, 5 kilometr uzunlikda zamonaviy SIP kabel tarmog‘i tortish va boshqa obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Mahalla binosining foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov qatnashdi.
Tadbir davomida migratsiyadan qaytganlar va ularning oila a’zolari bilan suhbatlashilib, muammolari o‘rganildi. 5 nafar uy bekasiga subsidiya asosida tikuv mashinalari berildi.
[gallery-17747]
Shu yerda viloyat hokimi fuqarolar murojaatlarini tinglab, muammolarini hal etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA