Mahalla aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tdi
FOTOREPORTAJ
Andijon tumanidagi “Sadda Tagi” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tibbiyot markazlarining malakali shifokorlari tomonidan o‘tkazilgan ko‘rik natijasida qator bemorlarga tuman va viloyat shifoxonalarida, respublika tibbiy ilmiy markazlarida davolanish uchun order berildi. Shuningdek, yolg‘iz qariyalar va imkoniyati cheklangan fuqarolar xonadoniga tashrif buyurilib, nogironlik guruhlari belgilandi. Nogironligi bor shaxslarga maxsus aravachalar, eshitish moslamasi va hassa-ko‘ltiqtayoqlar ajratish rejalashtirildi.
[gallery-8272]
Zuhriddin UMURZOQOV (surat),O‘zA